Kompaniya Tarixi Kompaniya Nomi: ajib mobile
1. Asos solingan yillar
ajib mobile 2023-yilda O’zbekistaon Respublikasi Toshkent shahrida asos solindi.Kompaniyaning maqsadi sifatli va innovatsion telefonlar va smartfonlar ishlab chiqarish edi. Dastlabki g'oya oddiy, lekin kuchli edi: foydalanish qulayligini, zamonaviy dizayn va yuqori texnologiyalarni birlashtirish.
2. Dastlabki yillar
Tashkil etilganidan so'ng, kompaniya birinchi modelini ajib 1010 telefoni 2023-yil noyabr oyida taqdim etdi. Ushbu model mahsulotning o'ziga xos xususiyatlari, yuqori sifatli ekran, qulay interfeys, yaxshi batareya umriga ega bo'lib, tezda iste'molchilar orasida mashhur bo'ldi. Bu muvaffaqiyat kompaniyaning brendini tanitishda va bozorni kengaytirishda muhim rol o'ynadi.
3. O'sish va rivojlanish
Yillar o'tishi bilan ajib X1 va i1 series nomli yangi smartfonlarni chiqarishni boshladi, jumladan, ajib style va ajib case kabi mahsulotlar. 2024-yilda kompaniya market place bo'yicha sotilgan telefonlar soni top o’rinlarni egalladi. Ichki bozorda o'z o'rnini mustahkamladi. ajibmobile tezkor texnologik o'zgarishlarga moslashib, raqobatchilaridan ajralib turadigan innovatsion yechimlar bilan ajralib turdi.
4. Innovatsion texnologiyalar
ajib mobile sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar va IoT (Internet of Things) kabi zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishga e'tibor qaratmoqda. Jamoa mahsulotlar ichida ishlatiladigan maxsus texnologiyalar, masalan, kamera xususiyatlari, tez quvvat olish texnologiyasi va xavfsizlik choralari orqali siz iste'molchilarimizga mukammal tajriba taqdim etishga intilamiz.
5. Bugungi kunda
Hozirda ajib mobile O’zbekiston bo'ylab o’sayotgan bozor ulushi va bozordagi o’z imidji ustida ishlamoqda undan tashqari global bozorda katta harakatlarini boshlagan. Bizning mahsulotlarimiz sifat, dizayn va innovatsion xususiyatlar bilan ajralib turadi, shuningdek, foydalanuvchilarga eng so'nggi texnologiyalarni hamyonbob mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
6. Kelajak maqsadlari
Kompaniyamiz kelajakda jahon bozori uchun qadamlar, sifat va narx tandemini oqlaydigan mahsulotlar, yangi bozorlarga kirish va ekologik zararsiz mahsulotlar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bizning maqsadimiz nafaqat iste'molchilarimizga yangiliklarni taklif qilish, balki jamiyat va atrof-muhitga ham ijobiy ta'sir ko'rsatishdir. Ekologik toza materiallardan foydalanish yoki energiya samaradorligini oshirish yo’lini ham olib boramiz.